Poytaxtda “Skandinavcha yurish” marafoni tashkil etildi

  • 16 oktabr, 2021, 21:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Marafonda “Skandinavcha yurish” ixlosmandlari, shuningdek Turizm va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi xodimlari, sport ta‘lim muasasalarining rahbarlari va trener-metodistlari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining engil atletika kafedrasi talabalari, jami 300 nafardan ziyod kishi qatnashdi

Marafonda “Skandinavcha yurish” ixlosmandlari, shuningdek Turizm va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi xodimlari, sport ta’lim muasasalarining rahbarlari va trener-metodistlari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining engil atletika kafedrasi talabalari, jami 300 nafardan ziyod kishi qatnashdi.

yuriish

Tecno

Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Turizm va sport vazirligi tashabbusi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida “Skandinavcha yurish” marafoni tashkil etildi.

Marafonda “Skandinavcha yurish” ixlosmandlari, shuningdek Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport ta‘lim muasasalarining rahbarlari va trener-metodistlari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining engil atletika kafedrasi talabalari, jami 300 nafardan ziyod kishi qatnashdi.

yurish

Jumladan, tadbirda Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonovlar ham ishtirok etdi.

Ommaviy yurish marafoniga bugun soat 11:00da O‘zbekiston Davlat san‘at muzeyi oldidan start berildi. Unda ishtirokchilar Islom Karimov nomidagi ko‘cha bo‘ylab harakatlanishgan holda «Xalqlar do‘stligi» maydonining orqa tomonida barpo etilgan marra chizig‘i tomon jami 4,6 kilometr masofani bosib o‘tishdi.

Marafon yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!