Portugaliyalik hujumchi "Chelsi" nishonida

  • 27 dekabr, 2022, 07:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Joau Felish faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Tecno

"The Telegraph" nashri ma’lumotlariga qaraganda, unga "Chelsi"dan qiziqish bor. Londonliklar futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olishni maqsad qilgan.

O‘z navbatida, "Atletiko" ham bu transferga qarshi emas. Sababi Joau "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeonening uslubiga mos kelmayapti va klub undan qutulmoqchi.

Avvalroq, madridliklar Felishni 100 million evro evaziga sotishga tayyor ekanligi xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!