Porlay olmagan iqtidor "Barselona"ni butunlay tark etmoqda

  • 10 iyul, 2022, 17:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Fransishku Trinkau "Barselona"ni butunlay tark etmoqda. 

O‘tgan mavsumni "Vulverxempton"da ijara asosida o‘tkazgan portugaliyalik futbolchi "Sporting"ga o‘tish arafasida. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira xabar berdi. 

Mazkur transfer 10 million evroga baholanmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" uni ma’lum summa evaziga qayta sotib olish huquqiga ega. 

"Braga" tarbiyalanuvchisining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangandi. 2020 yilda klub uni 31 million evro evaziga portugal klubidan sotib olgandi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!