
Polsha safarda g‘alaba qozondi, Ukraina esa ochko yo‘qotdi va boshqa natijalar
Evropa 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash o‘yinlari davom etmoqda.
Albaniya maydoniga safar qilgan Polsha ushbu turda o‘z uyiga 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. 77-daqiqada Sviderskiyning urgan goli polyaklarga 3 ochko olib berdi.
Bosniya va Gertsogovina bu turda Ukrainada o‘yin o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda tomonlar murosa yo‘lini tanladi. 15-daqiqada Yarmolenko hisobni ochdi. 77-daqiqada Ahmedjonovich muvozanatni tikladi. O‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi.
8-turning yana bir gollarga boy o‘tgan o‘yinida Shveytsariya Litvadan ustun keldi. Qizig‘i, bu uchrashuvda faqat bir tomonning gollari guvohi bo‘ldik.
Ushbu baxsda Embolo dublni rasmiylashtirdi, Shteffen va Gavronavich esa bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Yakuniy hisob 4:0
Yana bir qiziqarli uchrashuvda Shvetsiya o‘z maydonida Gretsiyani taslim etdi. Shvedlar tarkibida Forsberg va Isakning gollariga Gretsiyadan hech bir futbolchi javob qaytara olmadi.
Fikrlar