Po‘latxo‘ja Xoldorxonov: Minglab muxlislar qarshisida o‘ynash yoqimli va qo‘shimcha kuch beradi

  • 14 mart, 2023, 13:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi Po‘latxo‘ja Xoldorxonov Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

– Assalomu alaykum. Barcha yurtdoshlarimizni Jahon chempionati yo‘llanmasi va yarim final bilan tabriklayman. Ertaga o‘z o‘yinimizni namoyish etib g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz.

Minglab muxlislar qarshisida o‘ynash haqida:

Bu ajoyib. Ular bizni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Hech qanday bosim emas, ularning qarshisida o‘ynash yoqimli va qo‘shimcha kuch beradi.

Raqib haqida:

Koreya o‘ziga yarasha kuchli jamoa. Biz ularning o‘yinini o‘rgandik, barcha jamoada bo‘lgani singari ularning ham kuchli va kuchsiz tomonlari bor. Ertaga o‘z o‘yinimizni namoyish etib, turnir chempionligi uchun kurashishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!