
Pogba "Real"ga o‘tmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba yozgi transferlar davrida "Real"ga ko‘chib o‘tmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra frantsiyalik futbolchi faoliyatida o‘zgarish qilmoqchi va “qirollik klubi”ga o‘tishni xohlamoqda.
O‘z navbatida "Manchester Yunayted" ham Pogbani qo‘yib yuborishga tayyor. Faqat buning evaziga mankuanliklar "Real"ning ikki nafar futbolchisi - Rafael Varan (himoyachi) va Garet Beyllarni (hujumchi) qo‘lga kiritmoqchi.
Aytish lozimki “Real” Pogba uchun MYuga 145 mln evro to‘lashga tayyor. Uni Madridda shaxsan jamoa ustozi Zinedin Zidan ko‘rmoqchi.
Fikrlar