
Pogba kamida uch haftaga safdan chiqdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jarohatini davolashda davom etayotgan yarim himoyachi Pol Pogbaning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
Frantsiyalik futbolchi yozda "Manchester Yunayted"dan erkin agent sifatida qaytganidan keyin turinliklar safida bir daqiqa ham o‘ynamadi.
"Pogba hozircha jamoamizning bir qismi bo‘lishga tayyor emas, hozircha! U imkon qadar tezroq qaytish uchun bor kuchini sarflamoqda. Men ham uni kutyapman", - dedi 55 yoshli mutaxassis matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi jarohati tufayli o‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted"ning barcha turnirlarida 20 ta o‘yinini o‘tkazib yubordi.
Fikrlar