
Pogba futbolga qaytmoqchi
Xabaringiz bor, Pol Pogba 2023 yil sentyabr oyida doping qoidalarini buzgani uchun 4 yilga diskvalifikatsiya qilingan edi. 30 yoshli yarim himoyachi futbolga qaytishi haqidagi savollarga javob berdi.
"Men hali ham futbolchiman. Nafaqaga chiqdim, faoliyatimni tugatdim, degan gaplarga qaramang... Kelajakka optimistik qaragan xolda, o‘z kareram uchun kurashmoqchiman.
Men qattiq mashq qilyapman! Hali ham o‘zimni 100% futbolchiman deya olaman", - dedi frantsiyalik yarim himoyachi "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Pol hozir ham "Yuventus" futbolchisi hisoblanadi. Tajribali xavbekning turinliklar bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar