
Pogba: "Barselona"ni doimiy kuzatib boraman
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba “qizil iblislar”ning EChL chorak finalidagi raqibi "Barselona" haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Men “Barselona”ni doimiy kuzatib boraman. Ulardan har doim yangi narsalarni o‘rganish mumkin. “Barselona”ning o‘yin uslubi menga yangilik beradi. Bu dunyoning eng zo‘r jamoalaridan biri, bu erda top darajadagi futbolchilar o‘ynashadi.
“Barselona” bilan o‘yindan zavq olaman deb umid qilaman. Chunki, dunyoning eng zo‘r futbolchilariga qarshi o‘ynash hamisha yoqimli”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahs 10 aprel, javob o‘yini esa 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar