
Pochettino "Chelsi"ga 3 ta argentinalik futbolchini olib kelmoqchi
"Chelsi" bosh murabbiyiga aylanishi kutilayotgan Mourisio Pochettinoning transfer maqsadlari aniq bo‘ldi. Argentinalik mutaxassis jamoaga kelganidan keyin "Inter"dan Martines, "Aston Villa"dan Emiliano va "Brayton" futbolchisi Makallisterni sotib olishni istaydi. Bu haqda "Mail Sport" nashri xabar tarqatdi.
Lautaro mavsumni ko‘taringi kayfiyatda o‘tkazmoqda. U milanliklar safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta golda qatnashdi. Makallisterning "Brayton"ni tark etishi deyarli aniq. U kattaroq, sovrinlar uchun kurashadigan klub safiga borib qo‘shilishni istaydi. Emiliano ham top klubga o‘tishni xohlayapti.
"Chelsi" o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar orasida Xarri Keyn ham bor. U bilan Pochettino "Tottenxem"da birga ishlagan. Shu sababli, "aristokratlar" angliyalik hujumchi uchun kurashga qo‘shildi.
Fikrlar