Pirs Morgan: "Qo‘rqinchli. Agar PSJ yuta olmaganida nima bo‘lardi?"

  • 8 may, 15:36
  • Bilolbek Imomov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Britaniyalik jurnalist va "Arsenal" muxlisi Pirs Morgan Parijdagi notinchliklar haqida gapirdi. Bu voqealar PSJ – "Arsenal" o‘yinidan keyin sodir bo‘ldi. Chempionlar ligasi yarim finali javob bahsida parijliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Endi ular 31 may kuni Myunxenda "Inter"ga qarshi o‘ynaydi.

Tecno

Morgan o‘z Xda (tvitter) muxlislar muhiti va tungi vaziyat haqida yozdi:

"Ijobiy tomoni – tunda juda kulishli kecha bo‘ldi, men PSJ ultraslari orasida o‘tirdim" – deb yozdi u va fayer yoqib, jamoasini qo‘llab-quvvatlayotgan parijliklarning videosini ulashdi"

Shuningdek, u o‘yindan so‘ng Parijdagi beqaror vaziyat haqida gapirdi. Xabarlarga ko‘ra, Elisey maydonida bir mashina odamlarni bosib ketgan va 3 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Shu bilan birga, politsiya 43 kishini hibsga olgan.

"Menda o‘yindan so‘ng mehmonxonaga qaytish ancha xotirjam kechgan holatlar bo‘lgan. Bo‘ronchi to‘dalar, politsiya ko‘z yoshi chiqaruvchi gazlar qo‘llayapti, har tarafda mayda yong‘inlar.

O‘ylash kerak – agar mag‘lub bo‘lishganida nima bo‘lardi?" – deya o‘z fikrlarini yozdi taniqli jurnalist.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Chehran
08/05/2025 16:06
umuman bilim va saviya darajasi nol, tayyor matnni ham tarjima qila olmasa nima qiladi ishlab.
&
Chehran
08/05/2025 16:06
Salom, ma’lumotlarni tarjima va tahrir qiluvchi xodimlarizni savodxonlik kurslarida o’qitingizlar.
&
Chehran
08/05/2025 16:03
F