
Pikford Angliya terma jamoasida rekord o‘rnatdi
"Everton" klubi darvozaboni Jordan Pikford darvozasi dahlsizligini saqlab turish bo‘yicha Angliya terma jamoasida rekord o‘rnatdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, Pikford terma jamoa safida 750 daqiqa davomida gol o‘tkazib yubormagan. Shu tariqa u afsonaviy Gordon Benksning (720 daqiqa) rekordini yangiladi.
Pikford darvozasini Daniya futbolchisi Mikkel Damsgor jarima zarbasidan ajoyib tarzda ishg‘ol etdi va uning quruq seriyasiga shu tariqa barham berdi.
27 yoshli Pikford Angliya terma jamoasi safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 28 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar