Pike: Bir mavsumda 15 ta gol ura olaman, agar...

  • 25 fevral, 2022, 19:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” himoyachisi Jerar Pike “Napoli”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Italiya klubiga qarshi javob o‘yinida 35 yoshli himoyachi raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Kataloniyaliklar 4:2 hisobida zafar quchdi va 1/8 finalga yo‘l oldi.

“Agar hujumda o‘ynasam, bir mavsumda 15 ta gol ura olshimni har doim aytganman. Ammo meni himoyaga qo‘yishdi, men u erda ham yaxshi vaqt o‘tkazaman”, - dedi ispaniyalik futbolchi.

Pike joriy mavsum "Barselona" safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!