
Peshqadamga qarshi o‘yin oldidan "Neftchi" muxlislari uchun o‘ta noxush xabar
Lutfulla To‘raev noma’lum muddatga safdan chiqdi.
Bugun bo‘lib o‘tgan "Neftchi" - "So‘g‘diyona" uchrashuvida farg‘onaliklarnini sardor sifatida maydonga boshlab to‘shgan etakchi futbolchi Lutfulla To‘raev uchrashuvda jarohat olib, 78-daqiqada maydonni tark etdi. Jamoa bosh shifokorining tashhisiga ko‘ra, Lutfulla To‘raev oyog‘idagi jarohati jiddiy bo‘laganligi sababli gips qilindi va futbolchi noma’lum muddat jamoaga yordam bera olmaydi.
"Yo‘lbarslar"ni 1 aprel kuni Superliga peshqadami "Qizilqum"ga qarshi bahs kutib turibdi.
"Neftchi" matbuot xizmati
Fikrlar