
Pereyra: "Tez orada u bilan oktagonda uchrashamiz"
Yarim og‘ir vazn toifasida (93 kg) UFC chempioni Aleks Pereyra rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalaev bilan jangdan qochganlik haqidagi ayblovlarga javob berdi.
“Ko‘pchilik mendan bu haqida so‘rashadi, lekin men doim Ankalaev bilan jang qilishni xohlaganman va bu haqida promouterga ham aytgandim. Ammo Magomedning o‘zi men bilan jang qilishni xohlamadi. U chempionmas va raqib tanlash ham uning ishi emas. Umid qilamanki, biz tez orada oktagonda uchrashamiz”, – dedi Pereyra o‘zining You Tube kanalidagi podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Aleks Pereyra(11-2) o‘zining navbatdagi jangini oktyabr oyida "UFC 307" turnirida o‘tkazadi.Uning raqibi amerikalik jangchi Xalil Rountri(13-5-1 N/C) bo‘ladi.
Fikrlar