
Peres endi to‘htamoqchi emas. U navbatdagi yirik transferni amalga oshiradi
"Real" Madrid klubi 2023 yilda o‘z safiga "Borussiya" Dortmund futbolchisi Jud Bellingemni qo‘shib olmoqchi. Klub yarim himoya chizig‘ini yosh futbolchilarga ishonib topshirishni rejalashtirgan.
18 yoshli Jud Angliya terma jamoasida debyut qilishga ham muvaffaq bo‘ldi. Hozirda "arilar" uni 90 million evroga baholamoqda.
"Qirollik klubi" yarim himoyachiga kamida 5 yillik shartnoma taklif qiladi. U kelasi yil jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Luka Modrichning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Bellingem yakunlangan mavsum Bundesliganing 32 o‘yinida 3 gol va 8 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar