Penaltidan noaniq zarba bergan Brunu bu holatga izoh berdi

  • 26 sentabr, 2021, 15:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 6-turi doirasida "Manchester Yunayted" "Aston Villa"ga imkoniyatni boy berdi. O‘yinning so‘nggi soniyalarida "qizil iblislar" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh penaltini noaniq amalga oshirdi va jamoasiga pand berdi.

Tecno

"Penalti va undan keyingi mag‘lubiyatdan mendan boshqa hech kimning hafsalasi pir bo‘lmadi. Men hech qachon mas’uliyatdan voz kechmaganman va bunday paytlarda javobgarlikni o‘z zimmamga olishga tayyorman.

Bugungi kun muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Lekin men oldinga bir qadam tashladim. Tanqid - futbolning muhim qismi. Eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun o‘z ustimda ishlashdan to‘xtamayman. Manchesterga ko‘chib kelganimdan beri o‘zimga ishonib topshirilgan mas’uliyatni o‘z zimmamga oldim. Kerak bo‘lganda uni yana o‘zimga olishdan qo‘rqmayman.

Men uchun eng muhimi jamoam g‘alabasi va men doim klub yutuqlariga erishish yo‘lida qo‘limdan kelganini qilganman. Men bor kuchimni maydonga tashlayman. Bundan keyin ham shunday bo‘ladi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!