
Pellegrini: Mourino mening dushmanim ham, do‘stim ham emas
“Vest Xem” klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini “Tottenxem”ga qarshi bo‘ladigan London derbisidan oldin “shporlar”ning yangi ustozi Joze Mourino haqida gapirib o‘tdi.
“Mourino – mening dushmanim emas. Har kim o‘zi xohlagandek futbol o‘ynashi va xohlagan gapini gapirishi mumkin. Sizdek o‘ylamaydiganlarni tanqid qilish ham kerak emas. Mana nima uchun u mening do‘stim emas. Biroq, shu bilan birga dushmanim ham emas. Bizning dunyoqarashlarimiz o‘zgacha. Bu bizning o‘rtamizdagi yagona farq.
Pochettinoning falsafasi Mourinonikidan farq qiladi. Joze jamoani qabul qilib olganiga endigina 2 kun bo‘ldi va men uning jamoa falsafasini to‘liq o‘zgartirib ulgurganiga ishonmayman”, - deydi Pellegrini.
Eslatib o‘tamiz, “Vest Xem” – “Tottenxem” bahsi 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar