
Pekin-2022. Qishki Paralimpiya o‘yinlarida Xitoyga teng keladigani topilmadi, Ukraina ikkinchi bo‘ldi
Bugun Pekinda 2022 yilgi qishki Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga etdi. Qiziqarli va murosasiz ruhda kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, mezbon Xitoy umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yurt vakillari 18 ta oltin, 20 ta kumush va 23 ta bronza, jami 61 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan Ukraina (11 ta oltin, 10 ta kumush, 8 ta bronza) va Kanada (8 ta oltin, 6 ta kumush, 11 ta bronza) joy oldi.
Navbatdagi qishki Paralimpiya o‘yinlari 2026 yil Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetstso shaharlarida bo‘lib o‘tadi
Quyidagi havola orqali Pekin-2022 qishki Paralimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimini jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar