
Pedri: "Men bunday gollarga boy uchrashuv bo‘ladi deb kutmagan edim"
Kataloniyaliklar La Liganing 35-turida "Real"ni 4:3 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi ustunligini 7 ochkoga oshirishdi. Mazkur bellashuv yakunlangandan so‘ng ispaniyalik yarim himoyachi hisoblangan Pedri bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
— Men bunday golli va keskin o‘yinni tasavvur qilmagan edim. Boshida omadimiz kelmadi. Ammo mavsum davomida bir necha bor kambek qilishga muvaffaq bo‘lganmiz va bu safar ham xuddi shunday bo‘ldi.
Biz ko‘plab o‘yinlarda vaziyatni o‘zgartirdik. Ruxiy tayyorgarligimizni yaxshiladik, o‘zimizga ishona boshladik — bugungi kunda ham shunday bo‘ldi.
Rafinya bugungi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga arziydi. U mavsum davomida nimalarga qodir ekanini ko‘rsatdi — bu aniq va ajoyib.
Milan shahrida bo‘lib o‘tgan holat (ChL yarim finalida "Inter"ga qarshi uchrashuv) biz uchun qattiq zarba bo‘ldi. O‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng kiyinish xonasida faqat shu haqida gapirildi. Biz bugun g‘alaba qozonishimiz va ustunligimizni oshirishimiz kerakligini bilardik. Endi bu ishni yakuniga etkazish uchun "Espanol"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz.
Klasikoda g‘alaba qozonganingizda buni nishonlash kerak — ham maydonda, ham undan tashqarida, — dedi kataloniyaliklar fulbeki.
Fikrlar