Pedri "Barselona" bilan shartnomasini yangiladi

  • 30 yanvar, 18:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" a’zosi Pedri klub bilan tuzilgan shartnomasini yangiladi. Eski bitim 2025 yilgacha amal qilishi kerak edi. 

Tecno

Ispaniyalik yarim himoyachining yangi shartnomasi 2030 yilgacha tuzildi. Kataloniya jamoasining keyingi rejalari Gavi, Inigo Martines va Lamin Yamal bilan kelishuvga erishish. 

Pedri 2020 yilda "Las Palmas"dan "Barselona" tarkibiga kelib qo‘shilgan. Aslida klub yarim himoyachini bir yil oldin 23 million evro evaziga sotib oladi va u o‘z jamoasida bir mavsum ijara asosida o‘ynaydi. 

22 yoshli futbolchi ushbu mavsum "ko‘k-anorranglilar" tarkibida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!