
Pedri: “Barcha bahsli vaziyatlar raqib foydasiga hal bo‘ldi”
Xabaringiz bor, Chempionlar ligasi yarim final bosqichining javob uchrashuvida "Barselona" Italiyada "Inter" bilan kuch sinashib, 4:3 hisobida zafar quchgan holda, finalga yo‘l oldi. Ushbu bellashuvdan so‘ng kataloniyaliklar yarim himoyachisi Pedri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bundan tashqari, uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hakamlikdan norozilik bildirib, “Har bir bahsli holat raqib foydasiga hal etildi”, degan edi. Uning fikrlarini jamoa yarim himoyachisi Pedri ham qo‘llab-quvvatladi:
– Men to‘liq murabbiyning so‘zlariga qo‘shilaman. Barcha bahsli vaziyatlar “Inter” foydasiga hal etildi. Bu bizni aynan shu hakam bilan ilk marta yuz bermayapti. UEFA bunday holatlarga e’tibor qaratishi kerak, deb o‘ylayman. Tushunish qiyin bo‘lgan vaziyatlar juda ko‘p bo‘ldi. Hammasi ular foydasiga hal bo‘ldi.
Laminga nisbatan bo‘lgan fol esa menimcha, Mxitaryanning ikkinchi sariq kartochkasi bo‘lishi kerak edi. Penalti yoki jarima zarbasi bo‘lsa ham, bu ochiq-oydin kartochka edi. Men bunday qarorlarni tushunmayman, rostdan, – - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyaliki fulbek.
Fikrlar