
Peddi Pimblett: "Rikki Xatton - Manchesterdagi eng zo‘r bokschilardan biri edi"
UFC jangchisi Peddi Pimblett 46 yoshida hayotdan ko‘z yumgan vatandoshi va afsonaviy bokschi Rikki Xattonning o‘limi yuzasidan izoh qoldirdi.
"Tinch yot, Rikki. Jangchilarning mutlaq afsonasi, Manchesterdagi eng zo‘r bokschilardan biri, buyuk raqiblarga qarshi ringga chiqqan yigit eding... Nima bo‘lganini bilmayman, biroq Xatton oilasiga chuqur ta’ziya bildiraman", - dedi Pimblett ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, Rikki Xatton 1997 yilda professional boksda debyut qilgan va 2012 yilda faoliyatini yakunlagan. U birinchi yarim o‘rta (63,5 kg) va yarim o‘rta (66,7 kg gacha) vazn toifalarida jahon chempioni bo‘lgan. Umumiy rekordi esa 45 g‘alaba (32 tasi nokaut) va 3 mag‘lubiyatdan iborat.
Fikrlar