
"Paxtakor"ning qora an’anasi davom etadi
"Paxtakor" Superliganing 4-turida "So‘g‘diyona"ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bundan oldin esa "Lokomotiv"ga imkoniyat boy berilgandi.
"Sherlar" ketma-ket 5 ta uy uchrashuvida g‘alaba qozona olmayapti. Jamoa hisobida 2 ta durang va 3 mag‘lubiyat mavjud. Qiziqarlisi, 2 bora "Nasaf" bilan kuchlar teng kelgan.
Klub so‘nggi bor o‘z maydonida 24 oktyabr kuni OChL doirasida bo‘lib o‘tgan "Axal"ga qarshi bellashuvda zafar quchgan. O‘sha bahsda Aziz Turg‘unboev dubl qilgan bo‘lsa, Hojimat Erkinov bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi uchrashuvdan keyin "Paxtakor" turnir jadvalida 9-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar