
"Paxtakor"ni keyingi turda qanday raqib kutmoqda? Yoxud "sherlar"ning Qatar grandiga "tishi o‘tadimi"?
Osiyo Chempionlar ligasining “D” guruhida bahs olib borayotgan “Paxtakor” navbatdagi uchrashuvini 14 aprel kuni Qatarning “Al-Duhail” klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da start oladi.
Ta’kidlash kerakki, “Al-Duhail” Qatarning eng nomdor klublaridan biri hisoblanadi. Jamoa o‘z tarixida 7 marta Qatar chempionligini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari 3 marta Qatar Liga kubogi, 4 marta Qatar kubogi hamda 2 marta Qatar Superkubogiga sazovor bo‘lgan.
“Al-Duhail” futbolchilarining ayni damdagi o‘rtacha yoshi 26,1 ni tashkil qiladi. Jamoa safida 5 ta legioner mavjud. Klubning 14 nafar futbolchisi o‘z mamlakati terma jamoasida to‘p suradi. Jamoa a’zolarining hozirgi transfer narxi 28,95 mln evroni tashkil qiladi.
“Al-Duhail” o‘z uy uchrashuvlarini “Abdullah bin Khalifa Stadium”da o‘tkazadi. Ushbu arena o‘z bag‘riga 9 ming nafar ishqibozni sig‘dira oladi.
Fikrlar