"Paxtakor"ni ertaga Ernan Krespo qo‘l ostidagi Tobi Alderveyreld o‘ynaydigan "Al-Duhail"ga qarshi bahs kutmoqda

  • 13 aprel, 2022, 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, "Paxtakor" Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida Qatarning "Al-Duxail" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

"Al-Duxail" klubi 2009 yil tashkil etilgan. Hozirgacha 7 bor Qatar chempionati, 4 marta Qatar Amiri Kubogi, 3 bor Qatar Kubogi va 2 marta Qatar Superkubogida zafar quchgan. Jamoa o‘z tarkibiga hamisha nomdor legionerlarni jalb qilib kelishi bilan tanilgan. Qatar milliy terma jamoasida o‘ynaydigan ko‘plab futbolchilar ham aynan ushbu jamoa safida to‘p tepadi.

2013 yil Chempionlar ligasi guruh bahslarida "Paxtakor" ushbu raqib bilan to‘qnash kelgan. Doxada 1:3 hisobida imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, Toshkentda 2:2 natijasi qayd etilgan. Safarda va uyda G‘ulom O‘runov bittadan to‘p kiritgan. Toshkentda yana bir gol raqib tarafidan avtogol sifatida urilgan.

Ernan Krespo Chempionlar ligasi boshlanishidan avval ushbu jamoa boshqaruvini qo‘lga oldi.

"Al-Duxail"ning OChL uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan tarkibi:

Darvozabonlar

1. Muhammad Bakri
21. Salah Zakariya
33. Ali G‘ulays
35. Faysal Abdulkarim
99. Shahab Ellezi

Himoyachilar

2. Muhammad Musa
3. Muhammad A’laaldin
4. Tobi Alderveyreld (Belgiya)
5. Bassam Ravi
15. Muhammad Alnaymi
18. Sulton Al Breyk
30. Meshaal Tamimi
32. Muborak Jassim

Yarim himoyachilar

7. Ismoil Muhammad
8. Luiz Martin
10. Edmilson (Belgiya)
12. Karim Budiaf
13. Ferjani Sassi (Tunis)
17. Abdulrahmon Muhammad
19. Nam Tay Xi (Koreya)
20. Ali Afif
23. Assim Madibo
25. Nosir Muhsin Ali
27. Abdulloh Al Ahraq

Hujumchilar

11. Almoaz Ali
14. Maykl Olunga (Keniya)
24. Muborak Shahan
28. Rashid Abdulla
29. Muhammad Muntari
31. Dekxayel Tariq
34. Shehayn Abdulrahmon

Eslatib o‘tamiz, "Al-Duhail" - "Paxtakor" uchrashuvi ertaga 14 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!