"Paxtakor" yoshlari peshqadamga aylandi

  • 3 aprel, 2023, 17:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" yoshlari U-21 birinchiligi 4-turida "Metallurg"ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, peshqadamga aylanib oldi.

Tecno

Bekobodda kechgan bellashuvda Oybek Usmonxo‘jaev shogirdlari yaqqol ustunlikka erishib, mezbonlar darvozasiga beshta javobsiz to‘p kiritdi. Birinchi bo‘limda Abdumajidov va Xolmatovning gollari evaziga oldinga chiqqan jamoamiz tanaffusdan keyin ham xotirjamlik bilan nazoratni o‘zlarida saqlab turdi. Turdimurodov, Rahmatullaev, Odilov urgan gollar "Paxtakor"ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi. 4 bahsda 9 ochko jamg‘argan yosh "sherlar" turnir jadvalida peshqadam bo‘lib olishdi.

"METALLURG" - "PAXTAKOR" 0:5
Gollar: Abdumajidov 9, Xolmatov 33, Turdimurodov 72, Rahmatullaev 75, Odilov 80.
Hakam: Ibrohim Ismoilov.
"Paxtakor": Boymurodov, Abdumajidov, Ashurov, Xolmatov, Asqarov, Rahmatullaev, J.Alijonov, O‘rinboev, Ortiqboev, Turdimurodov, Jabborov.
Zaxira: Shevchenko, Usmonov, Abdullaev, Saidnurullaev, Odilov, Habibullaev, Pazlidinov, Fomin, Anvarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!