"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912"ning o‘zaro o‘yinlarida kimlar eng ko‘p gol urgan?

  • 12 may, 2021, 12:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 8-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi. "Sherlar" matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarida Igor Shkvirin 8 to‘p kiritgani va bu borada to‘purar ekanini ma’lum qildi.

Tecno

Bu borada Shkvirindan keyingi o‘rinni Igor Sergeev egallab turibdi. Uning hisobida 6 ta gol mavjud. Bundan tashqari, Aleksandr Pisarev 5ta, Sobir Xodiev va Valeriy Kechinov 4tadan gol muallifi bo‘lgan. Kechinov ushbu to‘plarning barchasini bir o‘yinda kiritishga erishgan.

"Qo‘qon-1912"dan esa Oydinbek Aliev va Soli Qurbonov 5tadan gol urgan bo‘lsa, Nosir Otaqo‘ziev 4 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912"ning o‘zaro o‘yinlardagi to‘purarlari:

8 - Igor Shkvirin

6 - Igor Sergeev

5 - Oydinbek Aliev, Soli Qurbonov

4 - Sobir Xodiev, Valeriy Kechinov, Nosir Otaqo‘ziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!