"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin sanasi e’lon qilindi

  • 18 dekabr, 2022, 09:25
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi yangi mavsum uchun musobaqalar kalendarini e’lon qildi. 

Tecno

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Superkubogi uchun bellashuv keyinroqqa surildi. Endi mazkur bahs biz o‘rganib qolgandek, 1-tur oldidan emas, balki 2-tur uchrashuvlaridan so‘ng o‘tkaziladi. Tashkilot taqdim etgan kalendarda "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 14 mart sanasida bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilgan.

Bunga sabab qilib "Nasaf"ning OChL pley-off bosqichida ishtirok etishi va boshqa holatlar ko‘rsatilgan: 

"2023 yilgi murakkab holatdan kelib chiqib, O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi faqatgina Superliganing 2-turidan keyin bo‘lib o‘tadi. Boisi Superkubok uchun kurashda ham “Nasaf” bor. U20 Osiyo chempionati hamda mart oyidagi FIFA kunlari shunday qaror qabul qilinishiga olib keldi. Mavsumni Superkubok bilan boshlash va qolgan 12 ta klub ilk turni keyinroq o‘tkazishi esa tig‘iz taqvimga biroz mos kelmadi"-deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Локо
18/12/2022 16:41
кўзи очиқ кўрлар денг
Нодир Зарипов
18/12/2022 15:38
ФАКАТ ПОЙТАХТ СТАДИОНЛАРДАМАС НАСАФ СТАДИОНИДАХАМ ФУТБОЛ КУРАЙЛИК КУЗИ ЮМИКЛАР КУЗЛАРИЗДИ ОЧИЛА