"Paxtakor" Shomurodovning jamoasi bilan o‘ynaydi

  • 28 dekabr, 2019, 12:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida bir necha nazorat bahslari o‘tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

13 yanvar kuni Toshkentda Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng BAAning Abu Dabi amirligida 15-30 yanvar kunlari yig‘in o‘tkazadigan "Sherlar" u erda uchta bellashuvda maydonga tushishi rejalashtirilgan. 20 yanvar kuni Rossiyaning "Rostov", 24 yanvarda Slovakiyaning "Jilina" va 29 yanvar sanasida Janubiy Koreyaning "Suvon Samsung" jamoalari bilan o‘yinlar o‘tkaziladi.

Mavsumdagi ilk rasmiy bahsini "Paxtakor" 10 fevral kuni Toshkentda BAAning "Shabab Al Ahli" klubiga qarshi Chempionlar Ligasi doirasida o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!