
"Paxtakor" o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi
FIFA kunlarida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida "Paxtakor" asosiy tarkibi "Metallurg"ga qarshi nazorat bellashuvida maydonga tushdi.
Futbolchilar kamligi sababli Maksim Shatskix ixtiyorida 15 nafar o‘yinchi bor edi. "Metallurg" esa ikki bo‘limda ikki xil tarkibdan foydalandi. Ikkinchi bo‘limda Stinvordenning ajoyi uzatmasidan keyin Banashak hisobni ochgan bo‘lsa, keyin Bani ishlagan penaltini Sobirxo‘jaev aniq amalga oshirdi.
Shu tariqa, "sherlar" g‘alabani tantana qildi.
Fikrlar