"Paxtakor" OKMKga qarshi o‘yinlarda katta ustunlikka ega. An’ana davom etadimi?

  • 21 aprel, 2023, 18:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sherlar" Superliga 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvda 22 aprel kuni OKMK mehmoni bo‘lishadi.

Tecno

Mazkur bahsda “Paxtakor”dan Doston Tursunov, raqibdan esa Sanjar Tursunov diskvalifikatsiya tufayli o‘ynay olmaydi.

Hozirga qadar chempionatlar tarixida jamoalar 30 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. 22 bellashuvda "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 4 bahsda durang qayd etilgan bo‘lsa, 4 marta Olmaliq klubi zafar quchgan.

“Paxtakor” jamoasi 54 ta to‘p kiritib, 16 bor gol o‘tkazib yuborgan. 7 muvaffaqiyatni "Sherlar" yirik g‘alaba bilan qo‘lga kiritishgan. Olmaliqda kechgan 15 o‘yinning 12 tasida "Paxtakor" ustun kelgan. Mezbonlar esa 3 uchrashuvda yutuqqa erishganlar.

Safarda 29 gol urgan holda 7 to‘p o‘tkazib yuborilgan. O‘tgan yili Olmaliqda “Sherlar” 2:0 hisobida zafar quchgan.

OKMK va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi 7-tur bellashuvi 22 aprel, shanba kuni soat 18:10 da Toshkentdagi "Jar" stadionida boshlanadi.

“Paxtakor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!