"Paxtakor" OChLning ilk turida Aziz G‘aniev to‘p suradigan jamoani mag‘lub etdi (video)

  • 10 fevral, 2020, 19:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun OChL guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda BAAning “Shabab Al Ahli” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Tecno

“Paxtakor” markaziy stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

18-daqiqada Jaloliddin Masharipov “parashyut” uslubida raqib darvozasiga to‘pni joylab qo‘ydi. Shundan so‘ng uchrashuv tempi juda tushib ketdi. Natijada 67-daqiqada Pedro Konde muvozanatni tikshalshga erishdi. Ammo oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Dragan Cheran yana “sherlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari 3 ochko bilan “V” guruhida 1-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Guruhdagi ikkinchi bellashuv esa Toshkent vaqti bilan soat 19:40 da boshlanadi. Unda musobaqaning amaldagi g‘olibi, Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasi Eronning “Padideh” klubini qabul qiladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Hasan fanat pahtakor
10/02/2020 19:34
Kimda qanaqa negativ fikirlar bor pahtakor No1 Uzb da endi tan olila mard boʻlib