"Paxtakor": Mahmudhojiev va Iminovda debyut gollar

  • 4 iyul, 2019, 15:53
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" tarbiyalanuvchilari sanalgan ikki futbolchi asosiy jamoa uchun oxirgi o‘yinlarda debyut gollarini urishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

21 yoshli hujumchi Shohruh Mahmudhojiev Qo‘qonda ikki to‘p kiritgan holda jamoaga Superligada juda muhim g‘alabani keltirdi. Bu yosh o‘yinchining asosiy jamoa uchun urgan dastlabki gollariga aylandi. E’tiborlisi, u o‘sha kuni maydonda 18 daqiqa harakat qildi. O‘tgan mavsumda Mahmudhojiev yoshlar ligasida to‘purarga aylangandi.

Buxoroda Liga Kubogi bellashuvida to‘p kiritgan Humoyunmirzo Iminov hozircha chempionat o‘yinlarida maydonga tushirilmagandi. Buxoroda u ham zaxiradan tushirildi va ko‘p o‘tmasdan asosiy jamoa safida birinchi golini urdi. 19 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumdan buyon yoshlar jamoasida yaxshi o‘yinlari bilan ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga qaratgandi.

"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan Bobur Asqarov va Ruslan Roziev joriy mavsum Superligada debyutlarini nishonlashdi. Roziev hozircha joriy mavsumda chempionatda maydonda o‘ynagan eng yosh futbolchi bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
04/07/2019 21:12
Ёшларга имконият бериб тӯгири қилади