
"Paxtakor" legioneri terma jamoasining Angliyaga qarshi o‘yiniga chaqirildi
"Paxtakor"ning o‘n ikki nafar futbolchisi terma jamoalar safiga jo‘nab ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Sanjar Quvvatov, Egor Krimets, Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, Javohir Sidiqov, Dostonbek Hamdamov, Jaloliddin Masharipov va Marat Bikmaev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Xitoyda o‘tkaziladigan xalqaro turnirda qatnashishadi.
22 mart, 16:35
Urugvay - O‘zbekiston
25 mart
O‘zbekiston - Xitoy/Tailand
Marko Simich Chernogoriya terma jamoasi tarkibida 2020 yilgi Evropa chempionati saralash bahslarida Bolgariya va Angliya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etadi.
22 mart, 22:00
Bolgariya - Chernogoriya
26 mart, 00:45
Chernogoriya - Angliya
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibiga Osiyo chempionati saralash bosqichida qatnashish uchun Umid Hamroev, Hojiakbar Alijonov va Jasurbek Yaxshiboev chaqirilgan. Bahslar "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi.
22 mart, 17:00
O‘zbekiston - Hindiston
26 mart, 17:00
O‘zbekiston - Tojikiston
Fikrlar