"Paxtakor" Elit Chempionlar ligasi o‘yinlarini "Bunyodkor"da qabul qiladi

  • 9 iyul, 2024, 15:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" stadioni xalqaro uchrashuvlarni o‘tkazish talabiga javob bermaydi. Stadion tribunalari avariya holatida ekanidan kelib chiqib, 2023 yilning 9 aprel kuni tribunalarning taxminan 70 foiz qismiga muxlislar kiritilmasligi bo‘yicha qaror qabul qilgandi.

Tecno

Shu yil sentyabr oyidan boshlab OFK yangi formatdagi Elit Chempionlar ligasi o‘yinlarini boshlaydi. Unda O‘zbekiston sharafini mamlakatning amaldagi chempioni sifatida Paxtakor himoya qiladi. 

OFK platformasiga "Paxtakor" uy uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadion sifatida "Bunyodkor" arenasini yuklashga majbur bo‘ldi. Kuz faslidagi uch oy davomida bir qator yulduzlar Toshkentga tashrif buyurishi mumkin. Ayni vaqtda poytaxtda ko‘plab futbol muxlislarini sig‘dira oladigan va xalqaro talabga javob beradigan stadion Bunyodkor hisoblanadi. 

"Bunyodkor" klubidan tashqari bu arenada "Lokomotiv" Superliga uchrashuvlarini o‘tkazadi. Shuningdek, FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi undan foydalanadi. Liga uchrashuvlar taqvimini shakllantirishda stadion maysasiga nafas rostlash imkonini berish ustida ham ishlaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!