"Paxtakor" bosh murabbiyi: "Biz ko‘rgan narsa bu - futbol emas"

  • 18 may, 2022, 21:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” (1:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski fikr bildirdi.

Tecno

- Shogirdlarimni tabriklayman, ular oxirigacha harakat qilishdi. Lekin o‘yinga kelsak, shunaqangi holat bilan o‘zbek futbolini rivojlantirishmoqchi bo‘lishsa, bu bilan rivojlanmaydi. Raqib jamoa juda ko‘p yotib oldi, vaqt cho‘zdi. O‘yinning faol vaqti ko‘p bo‘lmadi. Hakamlar ishini muhokama qilish mening ishi emas, biroq belgilangan penaltilar...Penalti qo‘yish mumkindir, ammo bunday yo‘l bilan emas. Biz ko‘rgan narsa bu futbol emas. Jamoa harakat qildi, pas o‘ynashga va hujum qilishga intildi. Aynan shu narsa menga biroz yoqdi xolos.

- “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasidan qaytganidan keyin yaxshi natija ko‘rsata olmayapti. Bunga sabab nima?

- Nima uchun g‘alaba qozona olmayotganimizni sababini bugungi uchrashuvda ham ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘yinni ko‘rgan bo‘lsangiz, sababini aniqlaysiz.

- O‘yinning 16:45 da boshlanishi jamoaga qiyinchilik tug‘dirmadimi?

- Bugun yaxshi hamki havo biroz iliq bo‘ldi. Agar 35 va undan yuqori darajali issiqlik bo‘lganida nima bo‘lardi? Bu faqat "Paxtakor" uchun emas, balki maydondagi 22 futbolchiga nisbatan juda noto‘g‘ri qaror bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
19/05/2022 11:07
Савол: Жаноб Войнески футбол нималигини билади-ми? Нега хамма имконияти булса хам, команда ютолмаяпди? Хатто хакамлар хам ёрдам беришади. Бахона эмас, натижа керак! Уйин 22та уйинчига 16.45 да бошланган, факат Пахтакор 16.45 да бошлаб ракиб бошка вактда бошламаган-ку?
Ilhomjon Feyz
18/05/2022 21:51
Бизникилар чичворади бунақа интервю беришга.