
"Paxtakor" birinchi jamoaga aylandi. "Sherlar"ning bu boradagi eng yaqin ta’qibchisi "Neftchi"
"Paxtakor" O‘zbekiston chempionati yuqori ligasida birinchi bo‘lib 600-yutuqqa erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Buning uchun jamoaga 871 o‘yin kerak bo‘ldi. O‘rtacha 69 foiz bellashuvda "Paxtakor" raqiblaridan ustun kelgan. 137 bahsda durang, 134 uchrashuvda mag‘lubiyat qayd etilgan. Raqib darvozasiga 1966 to‘p kiritilib, 724 gol o‘tkazib yuborilgan. Tez orada "sherlar" yubiley 2000-golni urishi mumkin. Jami 1937 ochko jamg‘arilgan. Bu bir o‘yinga o‘rtacha 2,22 ochkodan to‘g‘ri keladi.
Umumiy g‘alaba, gollar va ochkolar borasida eng yaqin ta’qibchi "Neftchi"da bu ko‘rsatkichlar shunday: 473 g‘alaba, 1567 gol va 1545 ochko. O‘rtadagi farq ancha katta va yaqin orada "Paxtakor" o‘z rekordlarini o‘zi yangilashda davom etadi.
Fikrlar