"Paxtakor-79" xotirasiga bag‘ishlangan afsonalar o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

  • 11 avgust, 2019, 21:47
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Uchrashuvdan avval 1979 yil 11 avgust kuni aviahalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan futbolchilar xotirasiga bag‘ishlab badiiy dastur namoyish etildi. Unda jamoa a’zolarini yodga oladigan chiqishlar va qo‘shiqlar ijro etildi. "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga atab ishlangan turli videoroliklar namoyish etib turildi.

Tecno

Uchrashuvda esa stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar yaqin o‘tmishdagi futbol afsonalarining ajoyib harakatlaridan bahra olishdi. Katta yoshdagi muxlislar o‘yin davomida miriqib o‘zlarining suyuklilarini yana qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Har ikki jamoa a’zolari mahoratlari haligacha yuqori ekanini ko‘rsatishga intilishdi. Bellashuv do‘stona 4:4 hisobida yakunlandi. "Paxtakor"dan Azamat Abduraimov, sobiq SSSRdan Igor Belanov xet-trikka erishdi. Ravshan Bozorov va Dmitriy Kuznetsov hisobiga esa bittadan gol yozildi.

O‘zining oxirigacha kurashishi, sadoqati, intilishi bilan ishqbozlar qalbiga yo‘l topgan "Paxtakor-79" jamoasi xotirasini har doim yodga olamiz. Akademiyamizda tahsil olayotgan bolalarga shonli jamoaga munosib avlod bo‘lib voyaga etishi to‘g‘risida doim ta’kidlanadi.

"Paxtakor-79" hamisha yodimizda va qalbimizda. Ular bilan faxrlanamiz!

"PAXTAKOR" - SOBIQ SSSR TERMA JAMOASI - 4:4 (3:2)

11 avgust. "Paxtakor" stadioni.

Hakamlar: B.Haydarov, K.Smirnov, B.Tog‘aev, Sh.Po‘latov.

"Paxtakor" (umumiy tarkib): Aleksey Roshin, Murod Aliev, Denis Ivankov, Farhod Magomedov, Mahmud Sobirov, Islom Ahmedov, No‘’mon Hasanov, Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Jasur Abduraimov, Ilhom Sharipov, Ja’far Irismetov, Ravshan Bozorov, No‘’mon Nurmatov, Oleg Sobirov, Aleksandr Xvostunov, Sergey Lebedev, Oybek Usmonxo‘jaev, Baxtiyor Ashurmatov, Furqat Esonboev, Pavel Bugalo, Sergey Lushan, Qayrat O‘taboev, Sobir Xodiev, Abduqahhor Ma’rufaliev, Gocha Tkebuchava, Mirjalol Qosimov, Nuriddin Amriev, Yuriy Kurbiko.

Sobiq SSSR terma jamoasi: Otar Gabeliya, Kuralbek Ordabaev, Ruslan Nigmatullin, Vladimir G‘ulomhaydarov, Vladimir Bessonov, Aleksey Mixaylichenko, Aleksandr Zavarov, Vagiz Xidiyatullin, Valeriy Kechinov, Valeriy Shmarov, Dmitriy Kuznetsov, Ruslan Mamedov, Aleksandr Mirzoyan, Andrey Emanov, Andrey Pyatnitskiy, Vladimir Gutsaev, Aleksandr Chivadze, Andrey Kanchelskis, Vasilis Xadzipanagis, Evgeniy Yarovenko, Andrey Fyodorov.

Gollar: Azamat Abduraimov 8, 26, 50-pen, Bozorov 17 - Belanov 27, 51, 54, Kuznetsov 28.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нодирбек Ахмедов
11/08/2019 23:28
Анча йиллар илгари Машъал радиоси (хозирги Махалла радиоси)да Норбек Ниёзов бир радиофильмини эшитиб жудаям таъсирлангандим,бугун эса тВдан Пахтакор79 хотирасига багишланган фильмни куриб жудаям таъсирландим. КАЛБИМИЗДА АБАДИЙСИЗЛАР!
Нодирбек Ахмедов
11/08/2019 23:27
Анча йиллар илгари Машъал радиоси (хозирги Махалла радиоси)да Норбек Ниёзов бир радиофильмини эшитиб жудаям таъсирлангандим,бугун эса тВдан Пахтакор79 хотирасига багишланган фильмни куриб жудаям таъсирландим. КАЛБИМИЗДА АБАДИЙСИЗЛАР!
&
Ramzis ll
11/08/2019 22:09
Tadbir yaxshi tashkil etilibtiyu lekin shu stadionni to'ldirish masalasi... Hech yo'q shu Paxtakor 79 xotirasi uchun xozirgi Paxtakorni muxlislari tushishlari kerak edi.
&
Kanron ja
11/08/2019 22:03
Uchrashuv juda qiziq bo'ldi
&
Dima Muratov
11/08/2019 21:58
Bu shouda avvaldan aytiladi durang bulishi.
Man 3-3 bulsa kerak deb uylagandim.