"Paxtakor-79" xotira turniri: O‘zbekiston U-16 terma jamoasi AGMKni yanchib tashladi

  • 6 avgust, 2019, 15:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, bu yil "Paxtakor-79" jamoasining aviahalokatiga 40 yil to‘ladi. Ayni damda mazkur sanaga katta hozirlik ishlari olib borilmoqda.

Tecno

Jumladan, "Paxtakor-79" xotirasiga bag‘ishlab xalqaro "Xotira qanotlari" turniri o‘tkazilmoqda. Unda 12 jamoa ishtirok etmoqda.

Musobaqada 2004 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoalar qatnashishadi. O‘zbekistonning 10 jamoasi bilan birga Qozog‘istonning "Qayrat" va Ukrainaning "Paxtakor-Kurilovka" ham unda ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar "Chilonzor", O‘FA va "Chig‘atoy" stadionlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun O‘zbekiston U-16 terma jamoasi AGMK yoshlariga qarshi bahs yuritib, 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

6 avgust / “Chig‘atoy” stadioni

O‘zbekiston U-16 – AGMK 5:0

Gollar: Obloyor Rahmatov (2), Alisher Xayrullaev (6), Tohir To‘xtasinov (10), Jasur Ahmedov (56), Diyor Inomov (60). 

O‘zbekiston U-16: Asror Kenjaev, Elyor Yulbarsov, Abdulaziz Toshkenboev, Mirxait Xoldarov, Rian Islamov, Sarvar Bahodirov, Tohir To‘xtasinov, Jasur Ahmedov, Diyor Inomov, Alisher Xayrullaev, Obloyor Rahmatov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Beknur Parmonov, Sardor Rahimov, Aziz Hakimov, Nodir Abdurazzoqov, Jamol Rahimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!