"Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) o‘yinidagi hakamlik borasida jonli efirda muloqot tashkil etiladi

  • 6 aprel, 2019, 09:51
  • 22
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha tur doirasidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda "Paxtakor" o‘z uyida "Nasaf"ni qabul qildi. 

Tecno

"Paxtakor" markaziy stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 12-daqiqada Marat Bikmaev penaltidan gol kiritib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida hujumga zo‘r bergan qarshiliklar muvozanatni tiklashdi. Bu vaziyatda Vladimir Kozak "Paxtakor" jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partishlik natijasida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Bahs so‘nggida esa Egor Krimets gol kiritib "sherlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu vaziyatda Egor ofsaydda turgandek taassurot uyg‘otganini qayd etish joiz.

Bu borada muxlislar-u mutaxassislar orasida bahs va munozaralar ko‘payib ketdi va barcha o‘z munosabatini bildirdi. Jumladan PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining "Telegram" messenjeridagi kanali orqali "Nasaf" kecha mag‘lubiyatga loyiq bo‘lmaganligini va Hakamlar qo‘mitasi ushbu o‘yinni alohida o‘rganib chiqib, o‘z xulosasini odilona tarzda e’lon qilishi kerakligi borasida o‘z fikrlarini yozib qoldirgan.

O‘zbekiston MTRK "Sport" telekanali direktori Zohid Karimov esa o‘zining "Twitter"dagi rasmiy akkaunti orqali mazkur bahsli o‘yin mutaxassis va mutasaddilar ishtirokida qayta ko‘rib chilishi kerakligini ta’kidladi.

"Paxtakor" - "Nasaf" o‘yinini dushanba kuni sharhlovchi, mutaxassis va O‘FA vakili bilan jonli efirda gaplashmasak bo‘lmaydi. Savollar ko‘payib ketdi. Vaqtini anonsda aytamiz", - deb yozadi Karimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Azizbek.
06/04/2019 10:04
To'g'ri xalqni fikrini ham bilish kerak. Yaqqol pahtakorga yon bosdi hakamlar. Nasafga pobeda berib pahtakordan ochkoni tortib olish kerak
&
Sash
06/04/2019 10:11
Nafaqat hakamlar PFL ham UFA ham yon bosadi. Agar shuncha mablag' i sharoit, yon bosishlar Nasafda bulganida OSIYOni davno yutgan bulardi.
&
Azizbek.
06/04/2019 10:18
Pahtakorni kuramiz arablar bilan o'yinda. Hakamlar qanaqa yordam berarkan
махмуда Джураева
07/04/2019 15:33
Хавотир олманглар. Мулокотда хам охир-окибатда яна пахтакор фойдасига хулоса чикарилади. Чиройли, оддий халк тушунмайдиган тилда шунака тушунтиришадики, окибатда сиз-мухлис, нохак эканлигингизни тушуниб оласиз. Укажон, камрок орзу килинг.
махмуда Джураева
07/04/2019 15:33
Хавотир олманглар. Мулокотда хам охир-окибатда яна пахтакор фойдасига хулоса чикарилади. Чиройли, оддий халк тушунмайдиган тилда шунака тушунтиришадики, окибатда сиз-мухлис, нохак эканлигингизни тушуниб оласиз. Укажон, камрок орзу килинг.
махмуда Джураева
07/04/2019 15:43
Пахтакорнинг аввалги мавкеини кайтариш - бу яхши ният, лекин барчаси тугри, халол булса ким нима дейди? Биз хам барча клубларимиз кучайишини, чиройли уйнашини хохлаймиз. Лекин ен босиш булса, бу клубнинг мавкеини аксинча туширади.
махмуда Джураева
07/04/2019 15:43
Пахтакорнинг аввалги мавкеини кайтариш - бу яхши ният, лекин барчаси тугри, халол булса ким нима дейди? Биз хам барча клубларимиз кучайишини, чиройли уйнашини хохлаймиз. Лекин ен босиш булса, бу клубнинг мавкеини аксинча туширади.
&
07/04/2019 21:10
Tushirib bo'ldi mavqeyini. Bunga kamida 3-4 yil bo'ldi. Chempion bo'lgani bilan hamma biladiku qanaqa qilib olganini. Bunday chempion bo'lgandan ko'ra pro ligaga tushib ketgan yaxshi.
&
GOAL
06/04/2019 10:02
Jonli muloqotda muxlislarning fikrini olib chiqish kerak
Ronaldo Junior
06/04/2019 10:26
Laynsmenga jazo qo`llash kerak
&
Azizbek.
06/04/2019 10:07
Viloyat klublari shunaqa ish qilganida boshlanardi jarima super ligadan pro ligaga tushirib yuborish. Pahtakorga kelganda PFL va Hakamlar qo'mitasi ko'r bo'lib qoladi
&
ахмад49
06/04/2019 16:56
Азиз Асимов ва Шерзод Косимовларга хеч канака чора курилмайди чунки улар Пахтакор фойдасига хатога йул куйган хакамлар. Тугрими?хакамлар кумитаси раиси Маъмур Саидкосимов.
&
elmieltin7
08/04/2019 18:53
Har bir uyinchi nomiga munosib bulishi kerak shunday ekan HAkAMLAR ham agar kelishilgan bulsa uynatib nma qiladi Halqni qargishiga qolib bu hakam hakamlikka loyiq emas bu aniq
&
ахмад49
06/04/2019 16:56
Азиз Асимов ва Шерзод Косимовларга хеч канака чора курилмайди чунки улар Пахтакор фойдасига хатога йул куйган хакамлар. Тугрими?хакамлар кумитаси раиси Маъмур Саидкосимов.
&
Lazizbek
06/04/2019 14:37
xech qachon paxtakor nasafni mag'lub eta olmaydi bilmadim sudiyala balkim uz kistasini uylaganmi bu ketiwga bizni fudbolimiz faqatma faqat pulga soti~ar
&
Бек
06/04/2019 12:08
Насаф ўзи клубларга футболчи етиштириб бераётган бўлса, яна бу жараённи албатта одилона кўриб чиқиб хулоса қилиш керак. Дуранг бўлганда хам одилона бўлар эди. Етмагандай 6 дақиқа қўшиб берилиши...бу нимадан дарак беради.
&
elmieltin7
08/04/2019 18:56
Agar 0 2 nasaf foydasiga bulganda bu hakam yana 45 minut aniq qushib berardi
&
Sash
06/04/2019 10:05
Kenjaboev haqida ham malumot bormi.
&
Azizbek.
06/04/2019 10:08
Yelkasi chiqgan manimcha. Kecha Ro'ziqul akaga gapirganda eshitilgandi jonli efirda
&
Sash
06/04/2019 10:17
Olloh shifosini bersin. Rahmat