"Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi oldidan statistika qanday? Yoxud Arveladze - Abramov qarama-qarshiligi!

  • 18 iyun, 2020, 11:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" Superliganing 5-turida Toshkent derbisida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Klub matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Ayni paytda har ikki jamoa 9 ochkodan to‘plagan holda turnir jadvali peshqadamlar guruhida borishmoqda. Bu esa o‘yinning yanada keskin o‘tishini ta’minlab berishi kutilmoqda.

Chempionatlar tarixida jamoalar 28 bellashuvda maydonga tushishgan. Ularning 10tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, 9tadan bahsda durang va raqib g‘alabasi qayd etilgan. "Sherlar" 31 gol urgan bo‘lsa, 30 gol o‘tqazib yuborgan.

O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija 4:0 bo‘lib, 2018 yil "Paxtakor" uy uchrashuvida shunday muvaffaqiyatga erishgan. "Paxtakor" o‘z maydonidagi bahslarda 6 g‘alaba, 6 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etilgan. Gollar urish borasida ustunlik "sherlar" tarafida: 16-9.

Doston Hamdamov har ikki jamoa uchun chempionatlarda gol urgan futbolchi hisoblanadi. U "Bunyodkor" safida 3, "Paxtakor" tarkibida bir golga mualliflik qilgan. Igor Sergeev esa 8 gol bilan derbidagi mutloq to‘purar sanaladi. Tiago Bezerra hisobida 5, Jamshid Iskanderovda 3 gol mavjud.

"Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 19 iyun, juma kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!