"Paxtakor" - "Andijon". Mehmonlar o‘zlarining yoqimsiz an’anasiga chek qo‘ya olishadimi?

  • 27 avgust, 2019, 13:11
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jamoalar hozirga qadar milliy chempionatlar doirasida 47 bellashuvda to‘qnash kelishgan. Ularning 35tasida "Sherlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 8 o‘yinda durang qayd etilgan. 4 marta andijonliklar muvaffaqiyat qozonishgan. Raqib darvozasiga 115 to‘p kiritgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 33 gol o‘tkazib yuborgan. Toshkentda o‘tkazilgan 23 bahsning 20tasida "sherlar" zafar quchgan. 3 bahsda esa kuchlar teng kelgan. Oxirgi marta raqib Toshkentda 2010 yil ochkoga erishgan. Yuqori ligada "Andijon" ko‘p mavsum o‘ynagani sababli mazkur jamoalar to‘qnashuvi ham tarixiy uchrashuvlardan hisoblanadi.

Tecno

O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija - 6:0 hisobi 2015 yil Toshkentdagi uchrashuvda kuzatilgan. O‘shanda jamoamiz shunday yirik g‘alabaga erishgan.

Bo‘lajak bellashuvni "Andijon"dan diskvalifikatsiya tufayli Abror Husinov va Ro‘zim Ahmedov o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 27 avgust, seshanba kuni 19:15da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Behzod Aliev
27/08/2019 16:04
Андижон буш келма факат олга