
"Parij-2024". O‘zbekiston Dominikan Respublikasiga qarshi bahsda qaysi rangli formada harakat qiladi?
O‘zbekiston ertaga ko‘k libosda o‘ynaydi
O‘zbekiston U23 terma jamoasi ertaga Dominikan Respublikasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz ko‘k libosda harakatlanadi. Uchrashuvni esa sudanlik bosh hakam Ismoil Mahmud boshqarib boradi. Unga qanotlarda Elvis Noupu (Kamerun) va Ahmad Liban (Jibuti) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Kim Youjungga (Koreya Respublikasi) topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Dominikan — O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin 30 iyul soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar