
Paralimpiyachilarimizning Parij-2024 o‘yinlariga litsenziyasi yana bittaga ko‘paydi!
19-21 may kunlari Shveytsariyaning Lyutsern shahrida Parij-2024 yozgi Paralimpi o‘yinlari uchun litsenzion musobaqa bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, ushbu musobaqaning ayollar o‘rtasida M1X klassida 2000 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda startga chiqqan hamyurtimiz Muhayyo Abdusattorova barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda marraga birinchi bo‘lib etib keldi va musobaqaning oltin medali hamda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi nomidan ushbu sportchimizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz!
Fikrlar