Para velosport bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

  • 28 iyun, 2022, 14:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
BEPUL PROPAN

Bugun para velosport bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi. Toshkent viloyatining Chirchiq-Chorvoq trassasida o‘tkazilayotgan bu safargi mamlakat birinchiligida 70 ga yaqin para velosportchi qatnashmoqda.

1 iyulga qadar davom etadigan musobaqada sportchilar 7, 10, 15 va 20 km masofada o‘tkaziladigan vaqt hamda guruh poygalarida g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Ushbu O‘zbekiston chempionatidan ko‘zlangan asosiy maqsad – para velosport bo‘yicha iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ularni asosiy, zaxira va yoshlar terma jamoalariga jalb etishdan iborat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!