Para taekvondo: Bolgariyadagi Gran-Prida 4 ta medal qo‘lga kiritildi. Guljanoy yana birinchi!

  • 6 iyun, 2022, 22:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Bolgariya poytaxti Sofiya shahri mezbonlik qilgan para taekvondo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi xalqaro Gran-Pri turniri o‘z yakuniga etdi.

Tecno

E’tiborlisi, dunyoning eng kuchli para taekvondochilari ishtirok etgan ushbu musobaqa vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. 5 nafar sportchi bilan bahslarda qatnashgan delegatsiyamiz yakunda 4 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida Sanjar Muxtorov (-58 kg) hamda Asadbek Toshtemirov (-80 kg), ayollar o‘rtasida esa Ziyoda Isoqova (-47 kg) bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni Guljanoy Naimova (+65 kg) doimgidek g‘oliblikni hech kimga bermadi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi sayyoramizning 30 ga yaqin davlatidan 200 nafarga yaqin sportchi qatnashgan nufuzli musobaqada 1 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!