Pandemiya PSJga ta’sir o‘tkaza olmadi

  • 8 iyun, 2020, 14:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati "Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar beradi Le 10 Sport.

Tecno

Manbaga ko‘ra, serbiyalik futbolchi parijliklar safini to‘ldiradigan bo‘lsa, unda u yiliga taxminan etti million evro maosh oladi.

Ammo parijliklar rimliklar bilan futbolchining tovon puli masalasida bir to‘xtamga kela olmayapti. Bungacha "Latsio" PSJning 60 million evroli taklifini rad etib ulgurdi, biroq frantsuzlar 80 million evro Rim klubini qoniqtirishiga umid qilishmoqda.

Ushbu mavsumda yarim himoyachi "burgutlar" libosida 31 o‘yin o‘tkazib va 5 ta gol, 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!