O‘zimni hech qachon Ronaldu bilan taqqoslamayman

  • 5 sentabr, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Men gollar soniga bog‘lanib qolmaganman va asosiy maqsadim sovrinlarni qo‘lga kiritishdan iborat. Hech qachon o‘zimni Ronaldu bilan taqqoslamayman, Krishtianu barcha davrlardagi eng kuchli uch futbolchidan biri. Men unga qarshi o‘ynaganimdan faxrlanaman va uning qaytishi Angliya futbolining yutug‘idir, - dedi Romelu Lukaku.

Krishtianu Ronaldu va Romelu Lukaku o‘tgan mavsumda A Seriyada to‘purarlar bahsida o‘zaro raqobatlashgan edi. Endi ularning kurashi Angliya premer-ligasida davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!