
O‘zFHM "Andijon" – OKMK uchrashuvidagi bahsli vaziyat bo‘yicha izoh berdi
O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan “Andijon” – OKMK bahsining 30-daqiqasida mezbonlar tomonidan kiritilgan gol yuzasidan hakamlar brigadasi VAR orqali tekshiruv o‘tkazdi.
Mazkur epizodda chiziq hakami dastlab ofsayd ehtimolini qayd etgan bo‘lsa-da, bosh hakam VAR xonasidan olingan ko‘rsatmalarni inobatga olib vaziyatni batafsil ko‘rib chiqdi.
Video takroriy ko‘rsatmalar asosida hujum paytida “Andijon” futbolchisi ofsayd chizig‘idan to‘liq chiqmaganligi aniqlandi. Shu bois bosh hakamning yakuniy qaroriga ko‘ra, gol hisobga olindi.
Fikrlar